Makroiqtisodiy ko'rsatkichlar
Tashqi bozor konyunkturasi tahlili va uning respublika tashqi savdo koʻrsatkichlariga taʼsiri toʻgʻrisida MAʼLUMOT
-
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 2024-yil yanvar-dekabr oylaridagi asosiy ko‘rsatkichlari
Batafsil
-

O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 2024-yil yanvar-iyun oylaridagi asosiy ko‘rsatkichlari
Batafsil
-

Valyuta kursi
Jahon bozorida joriy yilning yanvar oyida oʻtgan yilning mos davriga nisbatan Dollar indeksi +1,15 foizga oshgan boʻlsa, Rublning kursi dollarga nisbatan +28,9 foizga, Oʻzbek soʻmi esa dollarga nisbatan +10,34 foizga qadrsizlandi.
Batafsil -

Metall va minerallar
Yanvar oyi davomida jahon birjalarida oltin (+7,1%), poʻlat prokatlari (+36,9%), va temir rudasi (+9,5%) narxlarida oʻsish tendensiyasi kuzatilgan boʻlsa, mis narxi (-7,6%), kumush (-2,8%) va rux (-25,4%), alyuminiy (-14%) ga kamaydi. Jahon birjalarida mis narxining pasayishi eksport qiymatini 272,5 ming dollarga kamaytirdi.
Batafsil -

Energetika mahsulotlari
Yanvar oyida oʻtgan yilning mos davriga nisbatan jahon birjalarida neft (Brent) narxi -3,3 foizga, benzin (NY) narxi -13,2 foizga, tabiiy gaz NY -21,8 foizga (London birjasida -8,3 foizga va Niderlandiyada -8,4 foizga) va koʻmir (Rotterdam) -24,5 foizga arzonlashgan boʻlsa, uran (CME) narxi +99,2 foizga oshdi. Jahon birjalarida tabiiy uran narxining oshishi ushbu tovar eksportini 31,1 mln dollarga oshirdi.
Batafsil -

Oziq-ovqat mahsulotlari
Yanvar oyida oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oziq-ovqat mahsulotlari bozorida shakar narxi koʻtarilib, bugʻdoy va paxta narxlari pasaydi. Xususan, shakar narxi Nyu-York birjasida +10,9 foizga va London birjasida +14,6 foizga oshdi. Bugʻdoy narxi esa London birjasida -24,8 foizga, Nyu-York birjasida -21 foizga va paxta narxi -1,2 foizga pasaydi.
Batafsil -

Kimyo mahsulotlari
Yanvar oyida oʻtgan yilning mos davrida polimer bozorida polietilen narxi -9 foizga va polivinilxlorid -18,6 foizga karbamid narxi -0,7 foizga pasaygan boʻlsa, Nyu york birjasida pilomateriallar narxi +7,1 foizga oshdi. Jahon birjalarida karbamid narxining pasayishi ushbu tovar eksportini 4 mln dollarga kamaytirdi.
Batafsil
