Vazirlik haqida
Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, Vazirlik huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi hisobraqamlariga ega.
Vazirlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
qisqartmasi – Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
b) rus tilida:
to‘liq nomi – Министерство экономики и финансов Республики Узбекистан,
qisqartmasi – Минэкономфин;
d) ingliz tilida:
to‘liq nomi – Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan,
qisqartmasi – MEF.
Vazirlikning joylashgan joyi: Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 45a-uy, Istiqlol ko‘chasi 29-uy, 100017.
