Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi
2025-10-29 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Yoshlar orasida davlat xizmatiga boʻlgan ijobiy munosabatni shakllantirish, ularni vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishga, halol mehnat orqali jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishga undash maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida tajribali yosh davlat xizmatchilari talaba-yoshlar bilan uchrashib, o‘z faoliyatidagi tajriba va yutuqlari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, ishtirokchilarga davlat xizmatining mohiyati, halollik va mas’uliyat tamoyillari haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga vazirlikning boshqaruv tizimi, vazifa va vakolatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Motivatsion ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlar uchun nafaqat yangi bilim va tajriba manbai, balki davlat xizmatida faol bo‘lishga ilhomlantiruvchi muhim voqea bo‘ldi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati





