Bir jamoada birlashamiz
2024-03-16 18:40:00 / Vazirlik yangiliklari
Xalqimizda “Pokizalik – har bir ishning fayzi”, degan gap bor. Darhaqiqat, ulug‘ Ramazon oyida yurtimizda yasharish va yangilanish fasli – Navro‘z arafasida qator ezgulik va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bugungi umumxalq hashari vazirligimizda ham o‘zgacha fayz oldi. Erta tongdan “Bir jamoada birlashamiz” shiori ostida barcha rahbar va xodimlar jamoasi ahillikda vazirlik hududida obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol bo‘ldilar.

Bu ulug‘vor ishga har bir hamkasbimiz o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyatda chin dildan yondashdilar. Ularning har biri alohida tahsinga loyiq. Ushbu ruhiyatni quyida taqdim etilayotgan suratlardan ham ko‘rishimiz mumkin.
Shu o‘rinda biz faqatgina bir iliq so‘z, ezgu tilak bildira olamiz, xolos:Baraka topingizlar! Xonadoningiz va qalblaringiz ham ana shunday pokizalik va ezgulikka limmo-lim bo‘lsin!
Aziz hamkasblar! Kelayotgan Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!
Vazirlik Ma’naviyat va ma’rifat kengashi,
Kasaba uyushmasi.
Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish departamenti,
Yoshlar boshlang‘ich tashkiloti,
Axborot xizmati.





