Startaplarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi
2025-08-01 17:35:00 / Vazirlik yangiliklari
Joriy yilning 1-avgust kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligining Kichik va oʻrta biznes rivojlanishini tahlil qilish, qoʻllab-quvvatlash va davlat siyosatini muvofiqlashtirish departamenti direktori Timur Xusanov hamda “UzVC” milliy venchur fondi investitsiyalar menejeri Abdulazal Toshxujayev va Jahon banki vakillari Yerali Beksultan, Sergey Makarovlar ishtirokida startap ekotizimini rivojlantirish yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida Jahon banki vakillari bilan startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yangi loyiha konsepsiyasi muhokama qilindi.
Bunda startap va texnologik loyihalarga biznes investitsiyalar (“Startup and business investments in technology (SABIIT) project”) loyihasining dastlabki shartlari va konsepsiyasi yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.
Uchrashuvda startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Jahon banki bilan hamkorlikda yangi loyihani amalga oshirishga kelishib olindi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati
