“Tashabbusli budjet” bo‘yicha tez-tez berilayotgan savollarga javoblar
2025-07-29 11:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Kiritilgan tashabbusni tahrirlash mumkinmi?
Javob: Loyihalar saralash bosqichida ishchi komissiyaning ruxsati bilan loyiha tashabbuskori tomonidan tahrirlanishi mumkin. Bunda, faqat loyihaning manzili yoki savolli qismiga aniqlik kiritishga ruxsat etiladi. Loyihaning mazmunini butunlay oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Loyiha ishchi komissiya tomonidan qabul qilingani yoki rad etilganini qanday bilish mumkin?
Javob: Loyiha qabul qilingani yoki rad etilgani yuzasidan tashabbuskor fuqaroning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. Shuningdek, fuqaroning portaldagi shaxsiy kabineti orqali loyihaning rad etilishi sabablari bilan batafsil tanishish mumkin.
Bir xil mazmundagi ikkita loyiha kiritib qoʻydik, bittasini rad etishning imkoni bormi?
Javob: Loyihalar saralash bosqichida ishchi komissiyalar tomonidan koʻrib chiqiladi. Bunda, agar bir mahalladan bir xil mazmundagi bir nechta loyiha kelib tushgan bo‘lsa, ishchi komissiya tomonidan ulardan faqat bittasi — eng birinchi kiritilgani ovoz berish bosqichiga oʻtkaziladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati
