“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanadi
2025-07-04 17:20:00 / OAV biz haqimizda
“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanib, 31-avgust kuni oxiriga qadar davom etadi.

Bu haqda iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, bunda:
- Loyiha kiritish bosqichi — 15-iyul – 3-avgust;
- Saralash bosqichi — 4–18-avgust;
- Targʻibot bosqichi — 19–21-avgust;
- Ovoz berish bosqichi — 22–31-avgust kunlari oʻtkaziladi.
Joriy yildagi 2-mavsum gʻoliblari 1-sentyabr — Mustaqillik bayrami kuni eʼlon qilinadi.
“Tashabbusli budjet — bu sizning fikringiz, sizning tanlovingiz va sizning mahallangiz kelajagi”, deyiladi xabarda.
