Master-rejalar: hududlar uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochilmoqda
2025-06-30 17:25:00 / OAV biz haqimizda

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida o‘tkazilgan “Hududlarning master-rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish”ga bag‘ishlangan amaliy seminar ham ulardan biridir.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) hamkorligida o‘tkazilgan ikki kunlik amaliy seminarda viloyat va tuman darajasidagi loyiha ofislari xodimlari, mahalliy hokimliklar vakillari hamda xorijiy ekspertlar ishtirok etdi.
Tadbirda qayd etilganidek, Prezidentimizning ushbu farmoni ijrosi doirasida mamlakatimizda hududiy rivojlanishga yangi yondashuv – master-rejalar asosida kompleks strategik rejalashtirish tizimi joriy etilmoqda. Master-rejalar – bu shunchaki rivojlanish rejasi emas, balki aniq ma’lumotlar, tahlil va joylardagi real ehtiyojlarga asoslangan, uzoq muddatli strategik hujjatdir. Ular orqali hududlarning tabiiy, iqtisodiy va demografik salohiyati hisobga olingan holda, samarali va barqaror rivojlanishga erishish mumkin.
Mazkur seminar asosan “Shahrisabz tajribasi”ni o‘rganishga bag‘ishlandi. Ushbu hudud master-reja asosida rivojlantirilayotgan ilk loyihalardan biri bo‘lib, uning natijalari boshqa tuman va viloyatlarga namuna bo‘lishi kutilmoqda. Birinchi kuni ishtirokchilar Miraki hududida joylashgan “Salomatlik” piyodalar yo‘lagi va uning atrofida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Mazkur hududda xususiy tadbirkorlar tomonidan qurilgan savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari, mehmonxonalar, kafelar va uy mehmonxonalari turistik va iqtisodiy muhitni jonlantirmoqda.
Ikkinchi kun dasturida GIZ tashkilotining Qashqadaryo viloyatidagi vakili tomonidan Shahrisabz tumanidagi kompleks iqtisodiy rivojlanish strategiyasi, uning asosiy yo‘nalishlari va amalga oshirish mexanizmlari haqida taqdimot qilindi. Shu bilan birga, ishtirokchilar Shahrisabz turistik markazini boshqarish va rivojlantirish bo‘yicha tashkil etilgan maxsus departamentning faoliyati bilan tanishdi.
Departament tomonidan olib borilayotgan ishlar va rejalashtirilayotgan tashabbuslar hududning investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan. Seminar doirasida ishtirokchilar GIZning grant yordamida amalga oshirilayotgan loyihalarni ham o‘rgandi. Jumladan, suv ta’minoti yaxshilangan 500 gektar yer maydonida bog‘dorchilik, uzumchilik va agroturizmni rivojlantirishga qaratilgan ishlar samarasi namoyish etildi. Bu yerda yaratilgan yangi ish o‘rinlari va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga asoslangan yondashuv ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka xizmat qilmoqda.
Seminar ishtirokchilari ta’kidlaganidek, bunday loyiha va tajribalar mahalliy hokimliklar faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish bilan birga, aholi turmush darajasini oshirishda muhim vositaga aylanmoqda.
