O‘zbekiston Barqaror rivojlanish hisoboti reytingida 19 pog‘ona ko‘tarildi
2025-06-25 14:15:00 / OAV biz haqimizda

Hisobotda O‘zbekiston 2015-yildan buyon Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mintaqalarida Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha eng tez sur’atlarda taraqqiyotga erishgan davlat sifatida e’tirof etilgan.
Hisobotda, shuningdek, O‘zbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar yuqori baholangan.
Xususan, kambag‘allikni qisqartirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sifatini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, gender tenglikka erishish, ijtimoiy himoya mexanizmlarini kuchaytirish, raqamli va yashil iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, shuningdek, statistik ma’lumotlarning ochiqligini oshirish sohalarida erishilgan yutuqlar alohida qayd etilgan.
Xalqaro ekspertlar O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlari sohasidagi yutuqlari Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan keng qamrovli institutsional va tarkibiy islohotlarning natijasi deya ta’kidladi.
