“Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” shiori ostida tadbir o‘tkazildi
2023-12-01 18:50:00 / Olib borilayotgan amaliy tadbirlar

Davra suhbatini Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Abdulaziz Xaydarov kirish so‘zi bilan ochdi. U o‘z nutqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurash ishlari qay tarzda olib borilayotgani to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari korrupsiya mamlakatimiz rivojiga katta to‘siq bo‘lishini aytib, barcha xodimlar, avvalo, o‘zi oilasi, vatani uchun halol mehnat qilishi shart ekanini ta’kidladi.
Bundan tashqari, Iqtisodiyot va moliya vazirligida davlat xaridlariga oid “Korrupsiyasiz soha” loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Davlat xaridlarida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik — qonun va sohadagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishi holatlariga oid ma’lumotlarni ochiq axborot manbalarida e’lon qilib borish asosida amalga oshirilishi aytib o‘tildi.
Qolaversa, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, vazirlikning Davlat qarzi va Davlat budjeti departamentlari tomonidan ham ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat boshqarmasi tomonidan taqdimot namoyish etildi.
Tadbir ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. Yakunda barcha ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob oldilar.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati




