Turkiya Davlat xaridlari idorasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2025-05-16 10:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuvda vazirlik rahbariyati hamda Davlat xaridlari siyosati departamenti vakillari ishtirok etdi.
Muzokaralar davomida tomonlar o‘rtasida joriy yil 15-may kuni O‘zbekiston va Turkiya Hukumatlararo savdo-iqtisodiy qo‘shma komissiyaning 8-yig‘ilishi doirasida imzolangan davlat xaridlari sohasidagi Hamkorlik memorandumi hamda Hamkorlik dasturi ijrosi yuzasidan kelgusi rejali ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, Turkiya Davlat xaridlari idorasi vakillarining O‘zbekistonga tashrifi davomida tashkil etilgan o‘zaro tajriba almashish va bilim malakalarni yanada oshirishga qaratilgan o‘quv seminar va davra suhbatlarini muntazam ravishda tashkil etib borishga, yil yakuniga qadar O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari uchun Turkiya davlat xaridlarida ishtirok etish imkoniyatini yaratish masalasida kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida imzolangan hamkorlik hujjatlariga asosan tomonlar davlat xaridlari sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, markazlashtirilgan xaridlarni amalga oshirish tartibini belgilash, “yashil” xaridlar amaliyotini takomillashtirish, sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishni kengaytirish va boshqa dolzarb yo‘nalishlarda tajriba almashish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati


