Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-04-16 19:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Joriy yilning 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Axadbek Xaydarov, Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) katta iqtisodchisi Vinsent de Pol Kukpayzan boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda XVJ Fiskal masalalar departamenti iqtisodchi-ekspertlari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq va Bojxona qo‘mitalari mas’ul vakillari ishtirok etdi.
Konstruktiv tarzda o‘tgan uchrashuvda yirik soliq to‘lovchilar hududiy inspeksiyasi va bojxona organlari faoliyatini takomillashtirish, budjet daromadlari barqarorligini ta’minlashda idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, yuqoridagi qayd etilgan sohalarda belgilangan maqsadlarga erishishda samarali va tizimli faoliyat olib borishga kelishib oldi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati





