“Huawei Tech Investment Tashkent” MChJ XK vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi
2025-04-05 17:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda “Huawei Tech Investment Tashkent” MCHJ XKning Moliyaviy sektordagi mijozlar bilan ishlash boʻyicha direktori Ruslan Boltaev hamda “Huawei”ning yechimlar boʻyicha eksperti Ilya Jerya tomonidan ma’ruza va taqdimotlar o‘tkazildi.
Jumladan, taqdimotlarda:
Ruslan Boltaev “Huawei” kompaniyasining tashkil etilishi, uning rivojlanish tarixi hamda erishilgan yutuqlar haqida;
Ilya Jerya “Huawei” kompaniyasida yangi texnologiyalar joriy qilinishi, ishlab chiqilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya uskunalari, jumladan kampus tarmoqlarida sun’iy intellektga asoslangan xizmatlar, yangilangan Wi-Fi 7 texnologiyasida foydalanuvchi ma’lumotlarining xavfsizligi yuqori darajada ta’minlanishi, tarmoq va server qurilmalarining keng imkoniyatlari va xavfsizlik yechimlari toʻgʻrisida ma’lumot berdi.
Tadbir yakunida tomonlar kelgusida Vazirlik faoliyatida sun’iy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va zamonaviy axborot texnologiyalari qurilmalaridan foydalanishda bilim, koʻnikma va tajriba almashishga kelishib oldi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati




