Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi
2025-03-06 19:05:00 / Vazirlik yangiliklari
Bugun, 6-mart kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda vazirlik rahbariyati, tizim tashkilotlarining vakillari hamda xodimlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida sahna koʻrinishlari namoyish etilib, musiqiy chiqishlar va samimiy tabriklar yangradi. Soʻzga chiqqanlar jamiyat va iqtisodiyot taraqqiyotida xotin-qizlarning oʻrni beqiyos ekanini ta’kidlab, ularning fidokorona mehnati va tashabbuskorligini e’tirof etdi.
Bayram munosabati bilan vazirlik jamoasi barcha xotin-qizlarni tabriklab, ularga sihat-salomatlik, baxt va muvaffaqiyatlar tilaydi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati









