O‘zbekistonda “Yer soati” aksiyasi doirasida ekologik tashabbuslar amalga oshirildi
2025-03-26 15:35:00 / Vazirlik yangiliklari
Joriy yilning 25-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi global ekologik harakat – “Yer soati” aksiyasida faol ishtirok etdi. Har yili mart oyining so‘nggi shanbasida o‘tkaziladigan ushbu aksiya doirasida mamlakatimizda turli tadbirlar tashkil etildi.

Aksiya doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligida yoritish tizimlari 60 daqiqaga o‘chirildi va ekologik muammolar haqida ma’lumot berildi. Bundan tashqari, atmosfera ifloslanishini kamaytirish, yashil hududlarni ko‘paytirish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha bir qator tashabbuslar ilgari surildi.
Ma’lumot uchun: "Yer soati – bu faqat chiroqlarni o‘chirish emas, balki atrof-muhitni asrashga bo‘lgan mas’uliyatimizni eslatib turuvchi global tashabbus hisoblanadi.
Mazkur aksiya tabiatni asrash va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish yo‘lida muhim qadam bo‘lib, O‘zbekistonda yashil rivojlanish tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati


