Qozog‘istonning “Halyk Bank” banki rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi
2025-02-27 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Ma’lumot uchun: “Halyk Bank” — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Gruziya, Tojikiston va O‘zbekiston hududlarida bank, sug‘urta, brokerlik va lizing faoliyatlarini amalga oshiruvchi “Halyk” guruhi tarkibiga kiradi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi. Bank sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, investitsion hamkorlikni kengaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Muhokamaning asosiy yo‘nalishlari:
- “Tenge Bank”ning investitsiya salohiyatini rivojlantirish
“Halyk Bank” rahbariyati bankning 2024-yildagi investitsiya faoliyati natijalari va moliyaviy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
- Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, jumladan, investitsiyalarni jalb etish va barqaror iqtisodiy o‘sish uchun sharoit yaratishning yangi usullarini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun raqamli kreditlar, biznes uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish kabi mexanizmlarga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va ikki davlat iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladigan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati


