Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yillik dasturlarini ishlab chiqishda samaradorlikni oshirish yuzasidan amaliy seminar o‘tkazild
2025-01-17 20:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri hokimining birinchi o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosarlari va iqtisodiyot boshqarmasi yig‘ma bo‘limi hududiy dasturlarni ishlab chiqish bo’yicha mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yillik dasturida nazarda tutiladigan 9 ta kichik dasturlarni ishlab chiqishning amaliy uslubiyati, dasturda alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar taqdimot orqali ko‘rsatib berildi.
Shuningdek:
- mahalliy ijro hokimiyati organlariga berilgan moliyaviy, iqtisodiy hamda maʼmuriy vakolat va imkoniyatlar;
- Xalqaro moliya institutlari mablagʻlaridan samarali foydalanish;
- 15 ta tuman (shahar)ni jadal kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;
- har bir tuman va shaharda hududning iqtisodiy oʻsishiga turtki beruvchi sanoat, qishloq xoʻjaligi hamda xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida 2025-yilga moʻljallangan kamida 5 tadan drayver loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati









