2025–2027-yillarda davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi
2024-12-23 22:10:00 / Vazirlik yangiliklari
Ushbu Strategiyaning maqsadi 2025–2027-yillar davomida “yashil” davlat xaridlarining ulushini oshirish, shuningdek, iqtisodiy o‘sishda muhim bo‘lgan barqaror, keng raqobatga asoslangan davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan davlat xaridlari siyosatini belgilashdan iborat.
Davlat xaridlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida Strategiyada tadbirkorlik subyektlariga keng imkoniyatlar yaratuvchi, oqilona va samarali barqaror davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, xarid jarayonlarida atrof-muhitni himoya qilish va ekologiyaga zarar yetkazilishini oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish belgilandi.
Shuningdek, ayollar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalanadigan mahalliy ishlab chiqaruvchi kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, davlat xaridlari jarayonining barcha bosqichlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va elektron xaridlar ulushini oshirish, davlat xaridlarining barcha bosqichlarida kompleks monitoring va samarali nazoratni ta’minlaydigan yagona va yaxlit, samarali davlat xaridlarini boshqarish tizimini yaratish nazarda tutilgan.
Shu bilan birga qaror bilan davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2025–2027-yilllarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati
