“QOGʻOZSIZ BIR KUN”
2024-10-25 17:35:00 / Vazirlik yangiliklari
Aksiya doirasida daraxtlarni asrab-avaylash, ulardan ishlab chiqarilayotgan qogʻozlar sarfini kamaytirish, ish yuritishning qogʻoz shaklidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oʻtishni targʻib etishga alohida eʼtibor qaratish ko‘zda tutilgan.
Bugungi kunda vazirlikda barcha ish yuritish elektron tizimda amalga oshirilayotganligi bois, ish qogʻozda hujjatlar aylanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Shuningdek, kelayotgan barcha xat-hujjatlar va murojaatlar elektron tizimga yuklanib, ijrochilarga elektron shaklda yuboriladi.
Maʼlumotlarga koʻra, 1 tonna qogʻozni iqtisod qilish orqali 17 ta daraxt, 26 000 litr suv, 240 litr yoqilgʻi va 4000 kVt/soat elektr energiyasini tejash mumkin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati
