“MUFG” xalqaro investitsion banki bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-10-07 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Bank tomonidan boshqaruvchi direktor Kristofer Marks va qarz kapital bozorlari boshlig‘i Kirill Dikijs tashrif buyurdilar.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik, O‘zbekiston banklari va korporatsiyalari bilan amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan muhokamalar olib borildi.
Ma’lumot uchun: MUFG yoki “Mitsubishi UFJ Financial Group” bank ishi, aktivlarni boshqarish, sug‘urta va investitsiya xizmatlarini o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi. Holding 2005-yilda “Mitsubishi Tokyo Financial Group“ va “UFJ Holdings” birlashishi natijasida tashkil etilgan va bugungi kunda moliya bozorida yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda.
Shu bilan birga, vazirlik tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarni davlat kafolatisiz amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish va e’tiborni xususiy sektorga qaratish muhim ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati


