The meeting was attended by Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the Sultanate of Oman to Uzbekistan Wafo Jabr Nasser Al-Busaidi, General Director of the Uzbek-Oman Investment Company Omar Bahram, Deputy Minister of Economy and Finance Jasur Ka
2024-09-20 21:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Iqtisodiyot va moliya vazirligida energitika, sanoatni rivojlantirish va iqtisodiy dekarbonizatsiya sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu sessiyada “Siemens Energy” kompaniyasi vakillari, jumladan, Turkiya va Markaziy Osiyo subhududi boʻyicha vitse-prezident Maksim Zubov va vakolatxona direktori Stanislav Pak, shuningdek, “Yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish departamenti hamda vazirlikning Sanoatning bazaviy tarmoqlari, yoqilgʻi-energetika majmui va togʻ-kon metallurgiya korxonalari moliyasi va tarif siyosati departamenti rasmiylari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tomonlar energetika sohasidagi mavjud loyihalar, shu jumladan, Surxondaryo viloyatidagi issiqlik elektr stansiyasi va energiya ishlab chiqarishni optimallashtirish hamda sanoat sohasida samaradorlikni oshirish maqsadida innovatsion va energiya tejamkor texnologiyalaridan foydalangan holda loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha yaqin hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Bundan tashqari, “Siemens Energy” kompaniyasi energetika sohasida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida markaziy isitish tizimi uchun kogeneratsiya loyihalarini joriy qilish, issiqlik nasoslari tizimlari, elektr stansiyalari, quyosh fotoelektr loyihalari, shamol energiyasini ishlab chiqarish, raqamlashtirish, batareya energiyasini saqlash yechimlari va “yashil” vodorod loyihalarini rivojlantirishni taklif qildi.
Tomonlar milliy kompaniyalar va tadbirkorlarning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sanoat sohasida dekorbanizatsiyaga erishish uchun mavjud “yashil” va innovatsion texnologiyalarni tarqatishga bag‘ishlangan tashabbus doirasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha texnik yordam ko‘rsatish uchun qo‘shma ramka yaratishga kelishib oldi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati




