Turkiya delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-07-25 18:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Uchrashuvda mehmonlar tomonidan Turkiyaning “Policy Analytics Lab” (PAL) iqtisodiy taraqqiyot va maxsus strategiyalar bo‘yicha boshqaruv hamkori Esen Çağlar, “A Tasarım Mimarlık” kompaniyasi rahbari Ali Osman Öztürk, “BIBLO” kompaniyasi koordinatori Adil Madenoğlu, “Baton” kompaniyasi eksperti Muhammet Senipek va boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdilar.
Muloqot davomida O‘zbekiston hududlarida shaharsozlik va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar haqida ma’lumot berildi.
O‘z navbatda, “Hisarciklioglu group” konsorsiumi tarkibida bo‘lgan kompaniyalar faoliyati to‘g‘risida taqdimotlar tashkil etildi. Taqdimotlar doirasida konsorsiumning nafaqat Turkiya hududida, balki xorijiy davlatlardagi shaharsozlik sohalardagi yirik va muvaffaqiyatli joriy etilgan loyihalari to‘g‘risida so‘z bordi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston hududlari uchun muhim kasb etayotgan shaharsozlik, urbanizatsiya va hududlar brendingi yo‘nalishlarda master-rejalarni ishlab chiqish hamda ularni shahar va tumanlarda samarali joriy etish bo‘yicha hamkorlik qilish yuzasidan kelishib olindi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati



