Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan natijalar yuzasidan vazirlik va idoralarga taqdimot o‘tkazildi
2024-08-23 16:15:00 / Matbuot anjumanlari

Mazkur kollegial uchrashuvda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda 23 dan ortiq vazirlik va idoralarning raqamlashtirishga mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Raqamli texnologiyalarni muvofiqlashtirish departamenti va “Axborot texnologiyalari markazi” DUK mas’ul xodimlari tomonidan uchrashuv ishtirokchilariga vazirlikda raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan natijalar to‘g‘risida taqdimot qilindi.
Taqdimot davomida vazirlikda raqamlashtirishga doir amalga oshirilgan loyihalar, jumladan, “UzASBO” DM, “Ochiq budjet” portali va “DMBAT” kabi axborot tizimlari shuningdek, vazirlik tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari hamda raqamlashtirishga doir istiqboldagi loyihalari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Uchrashuv so‘ngida ishtirokchilar tomonidan savol-javob va muhokamalar o‘tkazildi. Shuningdek, raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha bir qator takliflar tinglandi.
Mazkur tartibdagi kollegial uchrashuvlar vazirlik va idoralarda raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati to‘g‘risida ma’lumot va fikrlar almashish bilan bir qatorda, respublikada raqamli texnologiyalarni joriy qilish sifatini oshirishga yordam beradi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati



