Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!
2024-06-27 / Voqealar taqvimi

🎙️ So‘nggi yillarda O‘zbekistonda matbuot va so‘z erkinligini ta’minlash borasida sezilarli yutuqlarga erishildi. Yurtimizda mustaqil ommaviy axborot vositalari sonining o‘sib borayotgani ham bunga yaqqol misoldir.
☑️Alohida ta’kidlash kerakki, Prezidentimiz tomonidan 2022-yil 27-iyunda “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorning imzolanishi ham OAV faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kadrlar salohiyati va raqobatbardoshligini oshirish va jurnalistika sohasini rivojlantirish uchun muhim qadam bo‘ldi.
◀️OAVlarni xalq bilan muloqotning ishonchli ko‘prigiga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Erkin va mustaqil OAVlar sog‘lom iqtisodiyot hamda jamiyat uchun ham zarur.
Sizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, ijodiy faoliyatingizda katta yutuqlar, xonadonlaringizga tinchlik, baxt-saodat va fayz-baraka tilaymiz.
Hurmat bilan,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi jamoasi
