“Asia Alliance Bank” va “Trastbank” bilan memorandum imzolandi
2024-08-19 10:00:00 / Vazirlik yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-70-sonli Farmonida joriy yilda uy-joy qurilishi va ipoteka kreditlari maqsadli paramentlarida belgilangan 2024-yilda 100 mingta uy-joy qurish va aholiga 17 trln soʻmlik ipoteka kreditlarini ajratish taklif etilmoqda.

Kreditlarning 8,3 trln soʻmi (49 foizi) – davlat resurslari, 6 trln soʻmi (36 foizi) – banklarning oʻz mablagʻlari va 2,6 trln soʻmi (15 foizi) – Ipoteka kompaniyasi hisobidan ajratiladi.
Bugungi kunga qadar ipoteka bozorini rivojlantirish maqsadida, 14 ta tijorat banklari bilan Hamkorlik memorandumi imzolanib, ishlar davom ettirilmoqda.
Quvonarlisi, bular safiga xususiy banklardan “Asia Alliance Bank” ATB va “Trastbank” XAB qoʻshilmoqda.
Oʻylaymizki, kelgusida ushbu banklar respublika ipoteka bozorini yanada rivojlantirishda oʻz hissasi bilan munosib ishtirok etadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati



