Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-07-18 16:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda davlat sektori boshqaruvi bo‘yicha katta mutaxassis Kay Kayzer, moliyaviy boshqaruv bo‘yicha mutaxassis Nurgul Tatibekova hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun: Adrian Fozzard Yevropa va Markaziy Osiyoda davlat boshqaruvi bo‘yicha global amaliyot rahbari bo‘lish bilan bir qatorda Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha boshqaruv amaliyoti hamjamiyatiga ham rahbarlik qiladi.
Uchrashuvda davlat xizmatchilari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda mazkur yo‘nalishda bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar bo‘yicha fikr almashildi.
Adrian Fozzard Jahon banki mazkur masalalar hamda istiqboldagi hamkorlik aloqalari bo‘yicha doimiy qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ma’lum qildi. Muloqot davomida tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.
Muzokaralar yakunida hamkorlikni yanada rivojlantirish va o‘zaro maslahatlashuvlarni faollashtirishga kelishib olindi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati



