Kitobxonlik — ma’naviyat va tafakkur mezoni
2026-05-18 10:30:00 / Vazirlik yangiliklari

“Mo‘jiza emasdir falakda oftob, Mo‘jiza aslida beminnat kitob.”
Jaloliddin Rumiy
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–9-sonli Qarorida ham mazkur masalaga alohida e’tibor qaratilgan. Qarorning 4-ilovasi 4-bandiga muvofiq, barcha davlat idoralarida “Kitob burchaklari”ni tashkil etish vazifasi belgilangan bo‘lib, ularda sohaga oid ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda badiiy adabiyotlarni jamlash ko‘zda tutilgan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligida book.uz nashriyoti bilan hamkorlikda kitob yarmarkasi tashkil etildi. Unda iqtisodiyot va moliya yo‘nalishidagi asarlar, o‘zbek va jahon adabiyoti namunalari, bolalar kitoblari hamda ma’naviy-ma’rifiy asarlar keng namoyish qilindi. Tadbir davomida xodimlar o‘zlari uchun qiziqarli va foydali bo‘lgan kitoblarni xarid qilishdilar.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar jamoalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish hamda xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi, kitobga bo‘lgan mehr va e’tibor inson ma’naviyatini yuksaltirish, jamiyat taraqqiyotini ta’minlashning eng muhim omillaridan biri ekanini yana bir bor namoyon etadi.
Ma’naviyat va ma’rifat kengashi




