O‘zbekistonda B-READY submilliy tadqiqoti doirasida amaliy ishlar boshlandi
2026-05-04 12:30:00 / Vazirlik yangiliklari

2026-yil 27-aprel – 1-may kunlari Jahon banki ekspertlari ishtirokida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Bojxona qo‘mitasi hamda Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlarida amaliy o‘rganishlar va uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, xalqaro savdo jarayonlarini o‘rganish maqsadida asosiy chegara o‘tkazish punktlarida ham tahlil ishlari olib borildi.
Tadqiqot doirasida qurilishga ruxsat berish jarayonlari, tashqi savdo va bojxona tartib-taomillari, davlat xizmatlarining samaradorligi kabi yo‘nalishlarda davlat organlari va xususiy sektor vakillari bilan muhokamalar tashkil etildi.
Mazkur submilliy tadqiqot hududlar kesimida biznes muhitini baholash, mavjud muammolarni aniqlash va xalqaro standartlar asosida islohotlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boshqarmasi
