Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-07-10 14:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Jasur Karshibayev, Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish departamenti direktori Ilhomjon Umrzakov hamda bir qator vazirlik xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida Mariush Krukovski O‘zbekiston muhim hamkor ekanligi, aloqalar jadallik bilan rivojlanayotganini ta’kidladi. Shuningdek, hamkorlikdagi loyihalar son va sifat jihatidan ham yanada yaxshilanib borayotgani aytib o‘tildi.
Bundan tashqari, uchrashuv davomida joriy hamda istiqboldagi loyihalar yuzasidan fikrlar almashildi. Respublika hududlaridagi davlat-xususiy sheriklik loyihalari, banklarni xususiylashtirish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash masalalari borasida fikrlar almashildi.
Uchrashuv yakunida Shveysariya guruhi O‘zbekistonning Jahon bankidagi vakili ekanligi va O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lidagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi ma’lum qilindi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati



