O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
2026-04-15 21:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorlikning joriy holati hamda istiqbollari muhokama qilindi. So‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi sezilarli darajada oshgani, xususan 2020-yildagi 6,4 mlrd dollardan 2025-yilda 17,2 mlrd dollarga yetgani qayd etildi.
Tomonlar makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash hamda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni davom ettirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy transformatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik muhim o‘rin tutayotgani alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, investitsiya aloqalarini mustahkamlash hamda qo‘shma loyihalarni ilgari surishga qaratilgan o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boshqarmasi
