Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi nishonlandi
2026-04-09 17:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Marosim davomida buyuk sarkarda haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan Amir Temurning boy merosi, uning davlat boshqaruvi, adolatli siyosati va bunyodkorlik faoliyati yuksak ehtirom bilan yodga olindi. Sohibqiron siymosi xalqimiz tarixida nafaqat buyuk sarkarda, balki kuchli davlat asoschisi va ma’naviy yetakchi sifatida alohida o‘rin egallaydi.
Shundan so‘ng vazirlik jamoasi “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ishtirokchilar muzey ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishib, temuriylar davrining boy tarixi, ilm-fan va madaniyat rivoji, milliy qadriyatlar hamda urf-odatlar haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Ta’kidlash joizki, bunday ma’naviy tadbirlar yosh avlod qalbida tarixiy xotirani mustahkamlash, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boshqarmasi





