DAVLAT-XUSUSIY ShERIKLIK DOIRASIDA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH UCHUN SUGʻORISH NASOS STANSIYALARINI MODERNIZATSIYA QILISH VA XUSUSIY BOSHQARUVGA BERISH LOYIHASI
2026-04-07 16:15:00 / Davlat xususiy sheriklik e'lonlar
TENDER JARAYONINING 1-BOSQICHI OLDI UCHRASHUVIGA TAKLIF
DAVLAT-XUSUSIY ShERIKLIK DOIRASIDA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH UCHUN SUGʻORISH NASOS STANSIYALARINI MODERNIZATSIYA QILISH VA XUSUSIY BOSHQARUVGA BERISH LOYIHASI
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi orqali qiziqqan manfaatdor tomonlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlarda joylashgan 76 (yetmish olti) tagacha sugʻorish nasos stansiyalarini loyihalash, qurish (reabilitatsiya qilish, ishlab chiqarish va modernizatsiya qilish), moliyalashtirish, ulardan foydalanish va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida tashkil etilayotgan uchrashuvda ishtirok etishga taklif qiladi.
Ushbu tender jarayonining 1-bosqichi oldi uchrashuvi davomida siz loyiha haqida batafsil maʼlumot olishingiz, savollaringizga javob olishingiz va dastlabki malakalashdan oʻtish uchun ariza topshirish jarayoni boʻyicha koʻrsatmalarga ega boʻlishingiz mumkin. Uchrashuv tafsilotlari quyida keltirilgan:
Uchrashuv tafsilotlari:
- Sana: 2026-yil 10-aprel, juma kuni
- Vaqt: 16.00-17.00 (Toshkent vaqti)
- Format: Zoom (uchrashuv havolasi soʻrov boʻyicha taqdim etiladi)
- Uchrashuv maʼlumotlar olish maqsadida yozib olinadi.
- Tarjimon xizmatlari (ingliz va oʻzbek tillari) taklif etiladi.
- Uchrashuvdan oldin dastlabki malaka soʻrovi (RfQ) hujjatini koʻrib chiqishingizni tavsiya qilamiz. RfQ hujjatini quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin: [Havola].
Qiziqqan manfaatdor tomonlardan [elektron xat taklif uchun: “ushbu elektron pochtaga javob berish”] orqali ishtiroklarini tasdiqlashlari soʻraladi. Tasdiqlanganidan soʻng, biz Zoom uchrashuv havolasini va tayyorgarlik koʻrish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallarni ulashamiz.
Agar sizda biron bir savol boʻlsa yoki qoʻshimcha yordamga muhtoj boʻlsangiz, biz bilan bogʻlanishingizni soʻrab qolamiz. Oʻzbekistonning sugʻorish infratuzilmasini modernizatsiya qilish boʻyicha ushbu muhim tashabbusda sizning ishtirokingizni kutib qolamiz.
Bogʻlanish uchun maʼlumot:
|
XMK – Loyihaning bosh tranzaksion maslahatchisi E-mail: UzPumpsEE@ifc.org
|
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Aʼzam Narmuxammedovich Tagayev Ye-mail: dxsh@minwater.uz Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Abduqodir Yoqubov Maxamatjumayevich, nusxasi Jalil Boykalanov Gʻaybullayevich Ye-mail: Yoqubov.Abduqodir@imv.uz, nusxasi dxshtender@imv.uz, Jalil.Boykalanov@imv.uz
|
