“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-03-26 17:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Joriy yilning 26-mart kuni Toshkent shahri Sergeli tumani hokimligida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda vazir oʻrinbosari Otabek Fozilkarimov ishtirok etib, har bir yosh bilan birma-bir suhbatlashib, ularni qiynayotgan muammolar, xususan, migratsiya, ishga joylashish, OTMga oʻqishga kirish, tadbirkorlik faoliyati, chorvachilik masalalarini oʻrgandi va ishchi guruhga ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yigʻilishda ishtirok etmagan har bir yoshning muammosini oʻrganish va barcha yoshlarning muammolarini hal etish yuzasidan tegishli “yoʻl xarita” ishlab chiqish belgilandi.

