Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Milliy statistika qoʻmitasi mutaxassislari uchun dasturiy budjetlashtirish tizimini samarali joriy etish mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi
2026-03-26 10:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Seminarda mazkur vazirlik va idoralarning markaziy apparati hamda tizim tashkilotning masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda Iqtisodiyot va moliya vazirligining mutaxassislari tomonidan budjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash boʻyicha taqdimotlar hamda ushbu vazirlik va idoralarning budjet dasturlarining pasportlarini shakllantirish yuzasidan amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Seminar ishtirokchilari tomonidan asosan budjet dasturlarini maqsadli indikatorlarini tanlab olish metodologiyasi, budjet dasturlari uchun administratorlarni belgilab olish va budjet dasturlarining quyi dastur va tadbirlarini ishlab chiqish talablari masalalari yuzasidan qiziqish va savollar berilib, treninglar muzokaralarga boy oʻtdi.
Oʻtkazilgan seminar- treninglar natijasida vazirlik va idoralarning mutaxassislarining institutsional salohiyati oshishiga erishilishi hamda ushbu vazirlik va idoralar tomonidan joriy yilning 1-mayiga qadar oʻz budjet dasturlarining dastlabki tahriri shakllantirilishi kutilmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boshqarmasi
