Suveren reytingning o‘sishi O‘zbekiston uchun xorijdan arzonroq qarz jalb qilish imkoniyatlarini yaratadi
2026-02-10 17:00:00 / OAV biz haqimizda

Uning so‘zlariga ko‘ra, erishilgan makroiqtisodiy natijalar Fitch, S&P va Moody’s kabi xalqaro tashkilotlar hamda reyting agentliklarining baholarida o‘z aksini topgan. “Uchala agentlikning deyarli har biri O‘zbekiston reytingini bir pog‘onaga oshirdi”, — deya ta’kidladi u.
“Gazeta.uz”ning yozishicha, reytinglarning yaxshilanishi mamlakatning xalqaro moliya bozorlaridagi faoliyat sharoitlariga bevosita ta’sir ko‘rsatgan: qarz olish imkoniyatlari kengayib, tashqi moliyaviy resurslar tannarxi pasaygan.
Xususan, xorijdan jalb qilingan resurslar bo‘yicha foiz stavkasi 1–1,5 foiz bandga pasaydi, bu esa tashqi qarzga xizmat ko‘rsatishda har yili 250–300 million dollar tejash imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, S&P agentligi O‘zbekistonning reytingini 2018-yildan buyon ilk bor “BB-”dan “BB” darajasiga ko‘tardi. Fitch Ratings esa yetti yil ichida birinchi marta reytingni “BB-”dan “BB”ga yaxshiladi. Moody’s reytingni “Ba3” darajasida saqlab qolgan bo‘lsa-da, uning kutilmasini “barqaror”dan “ijobiy”ga o‘zgartirdi.
