Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillari “India AI Impact Summit 2026” sammitida ishtirok etmoqda
2026-02-17 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur sammitda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Yarimo‘tkazgichlar va elektronika sohasini jadal rivojlantirishni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Azizjon Akramov ishtirok etmoqda.
Sammit doirasida vazirlik vakili “Kelajakni moliyalashtirish: Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun sun’iy intellektga tayyor raqamli infratuzilmani yaratish” mavzusidagi panel sessiyada qatnashdi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining ushbu nufuzli xalqaro sammitdagi ishtiroki O‘zbekistonda yarimo‘tkazgichlar va mikroelektronika sohasini rivojlantirish, zamonaviy raqamli infratuzilmani shakllantirish hamda ushbu yo‘nalishda xalqaro tajribani o‘rganish borasidagi izchil sa’y-harakatlarning muhim qismi hisoblanadi.


