Firibgarlikdan ogoh bo‘ling
2026-02-10 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Hurmatli fuqarolar! “Tashabbusli budjet” doirasida “ovoz to‘plashda ko‘maklashamiz” yoki “loyihangizni g‘olib qilib beramiz” kabi va’dalarga ishonmasligingizni so‘raymiz.
“Tashabbusli budjet” g‘oliblari faqat ochiq ovoz berish hamda boshqa belgilangan mezonlar asosida aniqlanadi.
Agar g‘oyangiz bo‘lsa, uni ochiq tarzda taqdim eting, ovoz yig‘ing, jamoatchilik bilan ishlang. Qolaversa, endilikda loyihalarni sheriklik asosida moliyalashtirish ham mumkin. Sheriklik loyihalari uchun ovoz to‘plash talab etilmaydi. Bu — qonuniy, samarali va eng asosiysi ishonchli usul.
