2025-yil yakuni bilan qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligida maqsadli indikatorlarning bajarilishi toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot
2026-01-27 18:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish 7,2 foiz, chorvachilik mahsulotlari 1,6 foizga oshgan, xususan, don mahsulotlari – 13 foiz, paxta – 25,4 foiz, poliz – 16,2 foiz, meva – 6,4 foiz, uzum – 7,7 foiz, sabzavot – 1,2 foiz, goʻsht – 1,5 foiz, sut – 1,2 foiz, tuxum – 7 foizga oʻsgan.
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlashning asosiy omillari boʻlib quyidagilar xizmat qildi:
1. 2024-yilda “toʻqsonbosti” usulida 150 ming gektar maydondan 2025-yil mart-may oylarida 3,5 mln tonnadan ziyod sabzavot mahsulotlar yetishtirilgan.
2. 2025-yil hosili uchun asosiy maydon va bogʻ-tok qator orasiga ekilgan 223,5 ming ga sabzavot, 77,3 ming ga kartoshka, 77,3 ming ga poliz, shuningdek, 29,1 ming ga lalmi poliz maydonlaridan 8,2 mln tonnadan ortiq hosil olingan.
3. 2025-yilda 8,9 ming MFYda 5,1 mln aholi tomorqalarining 424 ming gektariga asosiy va 319,2 ming gektar takroriy ekinlar ekib 8 mln tonnadan ziyod qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hosili olingan.
4. Gʻalladan boʻshagan 898 ming gektar maydonga takroriy ekinlarlardan 12 mln tonnadan ortiq mahsulot ishlab yetishtirilgan.
5. Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish uchun umumiy qiymati 5,3 trln soʻmlik 1 103 ta loyihalar amalga oshirildi.
Qoramolchilikda 2,2 trln soʻmlik 527 ta, qoʻy va echkichilikda 317 mlrd soʻmlik 189 ta, parrandachilikda 2 trln soʻmlik 167 ta, baliqchilikda 441 mlrd soʻmlik 157 ta va asalarichilikda 26 mlrd soʻmlik 24 ta, goʻsht va sutni qayta ishlash hamda omuxta yem ishlab chiqarishda 297,3 mlrd soʻmlik 39 ta loyiha.
Loyihalar doirasida xorijiy davlatlardan 217 ming bosh qoramol
va 282 ming bosh qoʻy-echkilar olib kelindi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boshqarmasi
