Yaponiya investorlari bilan startaplar sohasida hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi
2026-01-20 21:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuvda Akira Nakamura boshchiligida Yaponiyaning “Aioi Nissay Dowa Insurance” kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Kichik va o‘rta biznes rivojlanishini tahlil qilish, qo‘llab-quvvatlash va davlat siyosatini muvofiqlashtirish departamenti, “UzVC” Milliy venchur fondi vakillari hamda startap loyihalar mualliflari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda ilg‘or yapon tajribasi asosida telematika texnologiyalarini joriy etish, sug‘urta sohasida innovatsion yechimlarni qo‘llash hamda ushbu yo‘nalishlarda startap-loyihalarni o‘zaro hamkorlikda amalga oshirish va qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, muhokamalarda tomonlar raqamli texnologiyalar asosida sug‘urta xizmatlarini takomillashtirish, xavfsizlik darajasini oshirish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, uchrashuvda belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayonida professional bilim va tajribalar almashish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar sohani rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida hamkorlikda ishlashga kelishib oldi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boshqarmasi



