Buyuk Britaniyaning “ARUP” kompaniyasi hamda Jahon banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
2025-12-12 18:40:00 / Vazirlik yangiliklari
Uchrashuvda, shuningdek, Jahon banki katta mutaxassisi Mohamed Nada, “ARUP” kompaniyasining master reja va shaharsozlik bo‘yicha Londondagi guruh rahbari Artur Smart, Ispaniya va Turkiyadagi vakillari Xayme Traspadern va Emre Simseklar ishtirok etdi.
Mazkur uchrashuvda tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, xususan, master rejalar hamda “yashil” va energiya tejamkor loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha tajribalar hamda ulardan Oʻzbekiston sharoitida foydalanish masalalarini muhokama qildi.
Bundan tashqari, uchrashuv davomida “ARUP” kompaniyasi tomonidan Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Chelak shaharchasi markazidan oʻtuvchi asosiy yoʻlni tartibga keltirish, shuningdek, tun-u kun rejimida ishlovchi gavjum koʻchaga aylantirish va bu orqali aholiga qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan master reja konsepsiyasi ishlab chiqilayotgani yuqori baholandi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boshqarmasi
