“Mening maktabim” loyihasining 2025-yilgi 2-bosqichi 15-dekabrdan boshlanadi
2025-12-12 17:20:00 / Vazirlik yangiliklari
Eslatib o‘tamiz, “Mening maktabim” loyihasida 5-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan har bir oʻquvchi oʻzi taʼlim olayotgan umumtaʼlim maktabiga doir loyihalarni ilgari surishi hamda ushbu loyihalarga ovoz berishi mumkin.
O‘quvchilar quyidagi usullardan foydalangan holda o‘z loyihalarini ilgari surishlari mumkin:
1 avtomatik tarzda — loyiha namunalari orasidan o‘ziga yoqqan loyihani tanlash orqali;
2 mustaqil ravishda — taqdim etilgan loyiha namunalari orasida mavjud bo‘lmagan loyihalarni yangidan shakllantirish orqali.
Aziz o‘quvchilar, “Ochiq budjet” portali orqali o‘z maktabingiz uchun tashabbus ko‘rsatishda faol bo‘ling!
Mazkur bosqichda ishtirok etayotgan 96 ta tuman ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
➡️ Ro‘yxat
Ma’lumot uchun: 1-bosqichda g‘oliblar aniqlamangan 36 ta maktab joriy yilgi 2-bosqich doirasida qaytadan ishtirok etish imkoniyatiga ega.
