“Hududiy master rejalar: ilgʻor xorijiy tajribani Oʻzbekistonda qoʻllash” mavzusida amaliy seminar oʻtkazilmoqda
2025-12-11 16:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Seminar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Jahon banki hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ko‘magida, xalqaro shaharsozlik va arxitektura kompaniyalari ishtirokida tashkil etilmoqda.
Kunning birinchi yarmida Jahon bankining O‘zbekistondagi ofisi katta mutaxassisi Mohamed Nada master reja va fazoviy rejalarni ishlab chiqishning 12 ta tamoyili va bosqichlari bo’yicha taqdimot qildi.
Buyuk Britaniyaning “Arup” kompaniyasi vakillari Artur Smart va Xayme Traspadern tomonidan master reja va fazoviy rejalarni hududlarni rivojlantirish, yangi shaharlarni barpo qilishdagi ahamiyati, balansli rivojlanish masalalari hamda ushbu yo‘nalishlarda ilg‘or xorijiy tajribalar hamda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish boʻyicha taqdimotlar qilindi.
Shuningdek, GIZ tomonidan texnik ko‘mak doirasida “yashil” pilot loyihalarni amalga oshirish, jumladan, 2026-yildan boshlab “yashil” master rejalarni amaliyotga joriy qilish bo’yicha tushunchalar berildi.
Amaliy seminar o‘z ishini davom ettirmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boshqarmasi









