Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi
2025-12-06 15:00:00 / Olib borilayotgan amaliy tadbirlar
Joriy yilning 5-dekabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar, raqamlashtish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, Davlat xaridlarini korrupsiyasiz soxaga aylantirish, vazirlik faoliyatida ochiqlik va hisobdorlikni kuchaytirish hamda xodimlar masʼuliyatini oshirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar haqida batafsil maʼlumot berildi.
