“Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi
2025-12-05 20:35:00 / Olib borilayotgan amaliy tadbirlar

Davra suxbatida Iqtisodiyot va moliya vazirining Rejim va kadrlar bo‘yicha maslahatchisi Rustam Mamatkulov rahbarligida vazirlik markaziy apparati tarkibidagi barcha departament va mustaqil tuzilmalar rahbarlari, Odob-axloq komissiyasi aʼzolari, vazirlik huzuridagi respublika ijro etuvchi organlar va tasarrufdagi tashkilotlarning sohaga masʼul xodimlari shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining masʼul xodimi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar, raqamlashtish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, Davlat xaridlarini korrupsiyasiz soxaga aylantirish, vazirlik faoliyatida ochiqlik va hisobdorlikni kuchaytirish hamda xodimlar masʼuliyatini oshirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Davra suhbatida quyidagi masalalar yuzasidan maʼruzalar va taqdimotlar tinglandi:
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan amaliy ishlar;
- Raqamlashtirish jarayonlari orqali korrupsion xavflarni kamaytirish mexanizmlari;
- Davlat xaridlari tizimini shaffoflashtirish va “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida erishilgan natijalar;
- Ochiqlik indeksi, jamoatchilik ishonchini oshirish hamda vazirlik axborot siyosatining yillik ustuvor yoʻnalishlari;
- Korrupsiyaga qarshi kurashishda Odob-axloq komissiyasining institutsional oʻrni.
Shuningdek, vazirning mа’nаviy-mа’rifiy ishlаr sаmаrаdorligini oshirish, dаvlаt tili to‘g‘risidаgi qonun hujjаtlаrigа rioya etilishini tа’minlаsh mаsаlаlаri bo‘yichа mаslаhаtchisi Obiddin Maxmudov korrupsiya mamlakatimiz rivojiga katta to‘siq bo‘lishini aytib, barcha xodimlar, avvalo, o‘zi oilasi, vatani uchun halol mehnat qilishi shart ekanini ta’kidladi.
Ishtirokchilar qonunchilikdagi yangiliklar, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini mustahkamlash yoʻllari, raqamli yechimlar va xodimlar axloqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha fikr almashdi. Tadbir savol-javoblar tarzida faol muloqot bilan yakunlandi.
Davra suhbati korrupsiyaga qarshi kurashda vazirlik tizimi boʻylab hamkorlik, masʼuliyat va ochiqlik tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boshqarmasi









