Amudaryo tumani 40-son “Amu Sadosi” madaniyat markazini DXSh asosida tashkil qilish hamda foydalanish
2025-12-03 11:31:00 / Davlat xususiy sheriklik e'lonlar
DIQQАT E’LON!
Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘RQ-537-son Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktyabrdagi “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 720-sonli qaroriga asosan “SHUKURULLO ASIL MEDIA” MChJ tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani 40-son “Amu Sadosi” madaniyat markazini DXSh asosida tashkil qilish hamda foydalanish bo‘yicha tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli; |
Loyiha konsepsiyasi; |
Loyiha to‘g‘risida ma’lumot. |
Tenderda qatnashish, tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun so‘rov va tender takliflarini 2026-yil 17-yanvar kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 23:59 gacha topshirilishi kerak
|
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi |
elektron pochta manzili: madaniyat.devon@exat.uz |
Telefon raqami: (55) 502-33-77 (512) |
Manzil: Toshkent shahri, A.Temur shox ko‘chasi 107 B-uy. |
|
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
Elektron pochta manzili: dxshtender@imv.uz Nasimbek.Nabijonov@imv.uz |
Telefon raqami: (71) 203-50-50 (01879) |
Manzil: Toshkent shahar, Istiqlol ko‘cha 29-uy. |
“DXSh to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tender takliflari olingan taqdirda, Madaniyat vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.
elektron pochta manzili:
Telefon raqami: (55) 502-33-77 (512)
Manzil: Toshkent shahri, A.Temur shox ko‘chasi 107 B-uy.