Topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash va ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot
2025-12-01 15:55:00 / Vazirlik yangiliklari
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomiga rioya etilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli Qarori, “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-sonli va “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmonlarida aniq vazifa va yo‘nalishlar belgilab berilgan.
Mazkur qaror va Farmonlarga asosan Iqtisodiyot va moliya vazirligida ijro intizomini yanada mustahkamlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati, shuningdek, yuqori turuvchi organlarning har bir topshiriqlari ijrosini amalga oshirishda alohida yondashuv, tartib va professionallik bilan ish ko‘riladi.
Xususan, Davlat rahbari, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash maqsadida vazirlikning topshiriqlar ijrosini kunlik tashkil etish bo‘yicha har oylik kalendar grafigi hamda yo‘l-xaritasi tasdiqlanib, vazirlikda kunbay ishlash tizimi joriy etilgan.
Vazirlikning ijro intizomi raqamlarda:
2025-yilning 1-dekabr holatiga “edo.ijro.uz” elektron hujjat aylanish tizimi orqali jami 63,01 mingta topshiriqlar ro‘yxatga olindi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va majlis bayonlarida 6 570 ta, Prezident Administratsiyasining hujjatlarida 835 ta, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida 3 549 ta, Hukumat komissiyasi topshiriqlarida 1 168 ta, shuningdek, 50 926 ta vazirlik va idoralar tomonidan yuborilgan hujjatlar va murojaatlar tashkil etdi.
Shu bilan birga, “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olingan vazirlik huzuridagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va tasarrufidagi tashkilotlari mas’ul etib belgilangan Davlat rahbari, Prezident Administratsiyasi rahbari va Vazirlar Mahkamasining 1000 dan ortiq topshiriqlari vazirlik tomonidan alohida nazoratga olinib, topshiriqlar ijrosini bajarilishi yuzasidan monitoringlar o‘tkazilib, yuzaga kelayotgan tizimli muammolarni birgalikda hal qilish choralari ko‘rib kelinmoqda.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2025-yilning dekabr oyida “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining 2 968 ta topshiriqlari ham “kunbay” nazoratga olingan bo‘lib, belgilangan muddatlarda sifatli ijrosi ta’minlash bo‘yicha “temir intizom” bilan ishlar olib borilmoqda.
“Ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olingan Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ul etib belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi rahbari, Vazirlar Mahkamasi va Hukumat komissiyasi topshiriqlarining ijro holati to‘g‘risida
2025-yil bo‘yicha
|
T/r |
Topshiriq turi |
Jami topshiriqlar soni |
Shundan |
Shu jumladan: |
|||
|
asosiy ijrochi |
Bajarilgan |
Shundan asosiy ijrochi |
Bajarilmoqda |
Shundan asosiy ijrochi |
|||
|
Jami: |
12 122 |
4 933 |
8 944 |
3 608 |
3 178 |
1 325 |
|
|
1 |
Prezident topshiriqlari |
6 570 |
2 355 |
4 575 |
1 600 |
1 995 |
755 |
|
2 |
Prezident Administratsiyasi topshiriqlari |
835 |
336 |
569 |
226 |
266 |
110 |
|
3 |
Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari |
3 549 |
1 514 |
2 918 |
1 251 |
631 |
263 |
|
4 |
Hukumat komissiyasi topshiriqlari |
1 168 |
728 |
882 |
531 |
286 |
197 |
2025-yil noyabr oyi bo‘yicha
|
T/r |
Topshiriq turi |
Jami topshiriqlar soni |
Shundan |
Shu jumladan: |
|||
|
asosiy ijrochi |
Bajarilgan |
Shundan asosiy ijrochi |
Bajarilmoqda |
Shundan asosiy ijrochi |
|||
|
Jami: |
1 075 |
484 |
883 |
386 |
192 |
98 |
|
|
1 |
Prezident topshiriqlari |
520 |
208 |
483 |
206 |
37 |
2 |
|
2 |
Prezident Administratsiyasi topshiriqlari |
157 |
64 |
149 |
61 |
8 |
3 |
|
3 |
Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari |
266 |
137 |
184 |
91 |
82 |
46 |
|
4 |
Hukumat komissiyasi topshiriqlari |
132 |
75 |
67 |
28 |
65 |
47 |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati
