Davlat xaridlarida va boshqa budjet moliyaviy xarajatlarni amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvi va affillanganlik holatlarini oldini olish va tartibga solish yuzasidan davlat organlari hamda tashkilotlari xodimlari uchun vebinar tashkil etildi
2025-11-20 17:40:00 / Olib borilayotgan amaliy tadbirlar

Vebinarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati boʻlimi, Davlat xaridlari siyosati departamenti, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi malakali mutaxassislari hamda O‘quv markazi professor o‘qituvchilari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi va “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”ga Qonunlarining mazmun-mohiyati, “Davlat xaridlari sohasida korrupsion holatlarni oldini olish va bartaraf etish”, “Davlat xaridlari va savdolarda raqobatga zid harakatlar” mavzularida taqdimotlar oʻtkazildi.
Mazkur vebinarda jami 2 661 nafar davlat organlari va tashkilotlarining masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirlar davomida davlat xaridlari jarayonida manfaatlar toʻqnashuvi va affillanganlik holatlarini aniqlash, oldini olish hamda bartaraf etishning huquqiy va tashkiliy mexanizmlari, xarid jarayonlarida raqobatga zid hatti-harakatlar va uni bartaraf etish choralari, shuningdek, aholi va davlat xizmatchilari hamda tadbirkorlik subyektlari uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Yaponiyaning Nagoya unversiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Davlat xaridlari sohasida korrupsiyaning oldini olish” bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi.
Shu bilan birga, vebinarlar mobaynida ishtirokchilar tomonidan kelib tushgan takliflar, savollar va amaliyotda uchrayotgan muammoli vaziyatlarga mas’ul xodimlar tomonidan atroflicha javob berildi.




