“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi xodimlari tomonidan navbatdagi ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi
2025-11-08 11:35:00 / Vazirlik yangiliklari

“Yashil makon” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, bo‘limlari hamda tizim tashkilotlari xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron tumanida daraxt ekish ishlarini amalga oshirildi.
Tadbirning maqsadi hududning ekologik holatini yaxshilash, chang va issiqlikni kamaytiruvchi yashil hududlarni ko‘paytirish va iqlimiy bardoshlilikni oshirishdan iborat bo‘lib, ekilgan daraxtlar kelgusida havoning sifati, mahalliy mikroiqlim va tuproq unumdorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ushbu tashabbusda xodimlarning bevosita ishtiroki ekologik madaniyatni kuchaytirishga, jamoatchilik bilan ochiq muloqot va hamkorlikni rivojlantirishga, shuningdek aholining atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, mazkur faoliyat mamlakatimizda ekologik barqarorlikni mustahkamlash, yashil hududlar maydonini kengaytirish va aholining hayot sifati yaxshilanishiga qaratilgan strategik maqsadlarni amalga oshirishga muhim hissa qo‘shadi.
O‘zbekistonning ekologik siyosati va “Yashil makon” tashabbusi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu ishlar kelgusi yillarda ham izchil davom ettiriladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati









