Aziz yurtdoshlar!
2025-10-20 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Barchangizni 21- oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
O‘zbek tili — shunchaki muloqot vositasi emas, mustaqilligimizning ramzi, vatanparvarligimiz belgisi, milliy birligimizning asosidir.
So‘nggi yillarda amalga oshirilgan izchil va oqilona islohotlar natijasida davlat tilining huquqiy, ilmiy, ma’muriy va ommaviy hayotdagi roli kuchaytirildi. Davlat organlarida ish yuritish, norma ijodkorligi, ijtimoiy munosabatlarda davlat tilining roli kuchaydi. Adliya vazirligi bu borada, xususan, huquqiy madaniyat va davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik normalarini targ‘ib etishda hamisha faol.
O‘zbek tili faqat bayramda e’zozlanadigan emas, hamisha qalbimiz, tafakkurimiz va hayotimizda muhim o‘rin egallab turadigan qadriyatdir.
Bugungi bayram bilan barchangizni samimiy tabriklayman.
Tilimiz abadiy yashasin va rivojlansin.
Barchangizga sog‘liq, omonlik, tadqiqot va ijod va hayotda yanada ulkan yutuqlar tilayman.
Adliya vaziri Akbar Toshqulov
