Adliya vaziri vazirlik binosida navbatdagi qabulini o'tkazdi
2025-09-19 17:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Murojaatlarning qabul qilish hamda muammolarning batafsil oʻrganishning samarali usuli boʻlgan shaxsiy qabullarni tashkil etishga ham vazirligimiz rahbariyati tomonidan alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning 19-sentyabr kuni vazirlik binosida Adliya vaziri tomonidan 20 nafarga yaqin jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilindi.
Qabul jarayonida vazirlik faoliyatiga tegishli murojaatlarni oʻrganib chiqish hamda qonun doirasida hal etish uchun masʼul tarkibiy boʻlinma rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Vazirlikning vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan esa, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Ma'lumot uchun: Adliya vaziri tomonidan haftaning har juma kuni soat 15-00 dan 17-00 ga qadar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinadi.






